07:26 / 24.04.2017
5 177

«Real» o‘z maydonida 10 ta bo‘lib qolib «Barselona»ga yutqazdi

«Real» o‘z maydonida 10 ta bo‘lib qolib «Barselona»ga yutqazdi
Ispaniya chempionatining 33-turidan o‘rin olgan "Real" Madrid hamda "Barselona" klublari o‘rtasidagi "el-klassiko" uchrashuvi nihoyasiga etdi.

Unda 2:3 hisobi qayd etilib, kataloniyaliklarning g‘alabasi bilan yakunlandi.

Dastlab, Kazemiro 28-daqiqada hisobni ochdi. Ammo, oradan ko‘p vaqt o‘tmasdan Messi ajoyib reyd qilib, javob golini urishga erishdi.

Ikkinchi bo‘limda Rakitich uzoqdan zarba yo‘llab, "Barsa"ni oldinga olib chiqdi. 77-daqiqada qo‘poligi uchun Serxio Ramos maydondan chetlatildi. Ammo, shunga qaramasdan 85-daqiqada Xames oradagi farqni yo‘qqa chiqardi. Bir kishi kam bo‘lib "Real" tengma-teng kurash olib borayotgandi, lekin ...

Lekin, qo‘shib berilgan daqiqalarda Messi yana bir ajoyib gol urib, "Barsa"ning muhim g‘alabasini ta’minladi.

La ligaga yana qiziqish qaytdi.

Ispaniya chempionati, 33-tur

Ispaniya chempionati, 33-tur
"Real" Madrid - "Barselona" — 2:3
Gollar:
Kazemiro (28), Xames (86) - Messi (33, 90+2), Rakitich (73)

Real Madrid – Navas, Karvaxal, Nacho, Marselo, Ramos, Kroos, Modrich, Kazemiro (Kovachich, 70), Beyl (Asensio, 39), Benzema (Xames, 82), Ronaldu.
Barselona – ter Stegen, Pike, Umtiti, Alba, Serdji Roberto, Buskets, Rakitich, Inesta, Pako Alkaser (Andre Gomesh, 70), Suares, Messi.
Ogohlantirishlar: Kazemiro (12), Umtiti (39), Kovachich (81).
Chetlatish: Ramos (77).

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Real» o‘z maydonida 10 ta bo‘lib qolib «Barselona»ga yutqazdi