“Sen hech qachon futbolchi bo‘lolmaysan!” — Ronaldoning dardli o‘tmishi

Krishtiano Ronaldo bolaligida eshitgan og‘ir so‘zlarini eslab, qanday qilib barchasini mehnat bilan yengganini so‘zlab berdi.
Uning aytishicha, 11 yoshida maktabdagi o‘qituvchisi uni qattiq ranjitgan:
“O‘qituvchim menga: "Sen hech qachon professional futbolchi bo‘lolmaysan", degan edi. Bu so‘zlarni hech qachon unutmayman. O‘sha paytda ozg‘in, kichkina va kambag‘al bola edim. U ko‘zimga qarab: "Krishtiano, sen juda zaifsan, Sen hech narsa qilolmaysan", dedi”, — deydi u.
Krishtiano Ronaldo shu kuni ko‘z yoshlari bilan uyga qaytganini tan oldi. Ammo aynan shu holat uni kuchli qaror qabul qilishga undagan:
“O‘sha kuni yuragimning chuqur bir yerida qaror qabul qildim — men unga noto‘g‘ri ekanini isbotlayman, hammaga ularning adashganini ko‘rsataman”, — deydi fulbolchi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, aynan shu maqsad uni tinmay mehnat qilishga majbur qilgan:
“Boshqa bolalar hovlida o‘ynaganida, men mashq qilardim. Ertalab ham, kechasi ham — bahona yo‘q, dam olish yo‘q, ta’til yo‘q, bazm yo‘q. Faqat mehnat bor edi. Oyoqlarim og‘rib ketguncha, nafas ololmay qolguncha mashq qilardim”, — deb eslaydi u.
Yakunda u har bir yutug‘ini o‘sha so‘zlarga javob sifatida ko‘rishini ta’kidladi:
“Har bir yugurishim, har bir golim, har bir qo‘lga kiritgan kubogim — o‘sha gaplarga bergan javobim edi”, — deya so‘zini yakunladi futbol yulduzi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!