date

Nilufar Usmonova: Ovqat yeyish uchun qo‘shninikiga chiqardim (video)

Nilufar Usmonova: Ovqat yeyish uchun qo‘shninikiga chiqardim (video)

Xonanda Nilufar Usmonova “Navo” telekanalidagi "Xush kelibsiz" dasturida bolalik xotiralari bilan o‘rtoqlashib, qiziqarli va samimiy hikoyasini so‘zlab berdi.

Uning aytishicha, u yoshligida do‘sti Jamshid Bobojonovning uyiga tez-tez borib turgan. Bunga asosiy sabab esa u yerda doimo turli xil mazali taomlar bo‘lishi edi.

“O‘rtog‘imning uyiga ko‘p borardim. Chunki ularnikida juda mazali ovqatlar bo‘lardi: lag‘mon, xonim, norin... Biznikida esa ko‘proq parhez taomlar tayyorlanardi — sabzavotdan salatlar, ismaloq, guruch. Lekin bunday ovqatlar bolalarga unchalik yoqmaydi. Menga esa somsa, qozon kabob kabi taomlar juda yoqardi. Shuning uchun ularning uyi menga doimo ovqatga boydek tuyulardi”, — deydi xonanda.

Nilufarning so‘zlariga ko‘ra, o‘sha paytlarda ular o‘zaro “signallar” ham o‘ylab topishgan. Qo‘shni uyga borish yoki ovqat tayyor bo‘lganini bildirish uchun turli ishoralardan foydalanishgan.

“O‘sha vaqtlarda trubaga urib ovoz chiqarib, bir-birimizga signal berardik. Masalan, tashqariga chiq, uyda hech kim yo‘q, yoki ovqat pishdi degan ma’nolarni anglatardi. Men esa darhol ularnikiga chiqib, lag‘mon yoki makaron qovurmasini mazza qilib yerdim”, — deb eslaydi u.

Suhbat davomida boshlovchi xonandadan: “Parhez ovqatlar kim uchun tayyorlanardi?” deb so‘radi.

Nilufar esa javoban:

“Bu ovqatlar onam uchun tayyorlanardi. Men esa bolaligimda Marg‘ilonda buvimning qo‘lida katta bo‘lganman. U yerda sigir sutidan tayyorlangan tandirda pishgan nonlarni yeb ulg‘ayganman. Shuning uchun to‘laqina qiz edim. Keyin onamning uyiga kelib, bunday parhez ovqatlarni ko‘rib, biroz qiynalganman. Shu sabab ko‘pincha qo‘shninikiga chiqib ovqatlanib kelardim. Onam sho‘rva ichdingmi? deb so‘rasa, ha derdim. Albatta, onam meni ichmaganimni ham, qo‘shninikida ovqat yeb kelganimni ham bilardi”, — deya so‘zini yakunladi xonanda.

Bu samimiy xotiralar muxlislar orasida katta qiziqish uyg‘otib, ko‘pchilikka bolalik davrini esga soldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Nilufar Usmonova: Ovqat yeyish uchun qo‘shninikiga chiqardim (video)