09:04 / 31.05.2017
6 092

Xose Mariya Mendez O‘zbekistondagi faoliyatini tugatdi

Xose Mariya Mendez O‘zbekistondagi faoliyatini tugatdi
Shu yilning 16–26 may kunlari Tailandda tarixda birinchi bor futzal bo‘yicha U-20 Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston U-20 terma jamoasi ishtirok etib, to‘rtinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

O‘FF matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, ana shu musobaqa futzal terma jamoasi bosh murabbiyi Xose Mariya Pazos Mendez uchun oxirgisi bo‘ldi. Bangkokda o‘tgan musobaqadan keyin ispaniyalik mutaxassis O‘FF bilan tuzgan shartnomasi muddati tugagani sabab o‘z lavozimini tark etdi.

Xose Mariya Mendez 2015 yilning mart oyida O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlangan edi. Uning qo‘l ostida terma jamoa 2016 yil Toshkentda bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatida finalga qadar etib borgan va Eronga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lgandi.

Bundan tashqari, aynan Xose Mariya Pazos Mendez futzal bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasini ilk bor Jahon chempionatiga olib chiqqan. O‘tgan yil kuzda Kolumbiyada bo‘lib o‘tgan mundialda O‘zbekiston ishtirok etib qaytgandi.

Murabbiyning mamlakatimizdagi faoliyati ancha samarali bo‘ldi. Quyida janob Mendez 2015 yilning mart oyida faoliyatini boshlaganidan keyin erishgan yutuqlarini keltirib o‘tamiz.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bilan:
– 2016 yili Toshkentda bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionati finalchisi (10-21 fevral, 2016 yil, Toshkent);
– 2016 yili Kolumbiyada o‘tkazilgan futzal bo‘yicha Jahon chempionati ishtirokchisi (10 sentyabr - 1 oktyabr, 2016 yil, Kolumbiya).

O‘zbekiston U-20 terma jamoasi bilan:
– 2017 yil Tailandda bo‘lib o‘tgan U-20 Osiyo chempionatida 4-o‘rin (16-26 may, 2017 yil, Tailand).

“Ardus” jamoasi bilan:
– O‘zbekiston kubogi sohibi (2015, 2016);
– O‘zbekiston chempionati kumush medali sohibi (2015-2016, 2016-2017);
– Assosiasiya kubogi sohibi (2015);
– O‘zbekiston kubogi finalchisi (2017).

O‘zbekiston futzal Assosiasiyasi rahbariyati va xodimlari mutaxassisga mamlakatdagi samarali faoliyati uchun chuqur minnatdorchilik bildirib qoladi.

Eslatib o‘tamiz, Xose Mariya Mendez O‘zbekiston terma jamoasini oldin ham boshqargan, uning avvalgi murabbiyligi davrida terma jamoamiz 2012 yilgi Osiyo chempionatida chorak finalga qadar etib borgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Xose Mariya Mendez O‘zbekistondagi faoliyatini tugatdi