Gvardiola «Manchester Siti»ning Realga qarshi tarkibini aniqlab qo‘ydi

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola Chempionlar ligasi 1/8 final bosqichidagi "Real Madrid"ga qarshi javob uchrashuvi uchun asosiy tarkibni belgilaganini matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Gvardiola ta’kidlaganidek, u maydonga tushishi kerak bo‘lgan jamoani allaqachon aniqlab olgan va hech qanday shubha yo‘q. "Balki bittagina kichik shubha bo‘lishi mumkin, ammo qolgan barcha jihatlar aniq va tayyor", — dedi ispan mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, dastlabki uchrashuvda "Real Madrid" 3:0 hisobida g‘alaba qozongan va 17 mart kungi javob bahsi juda muhim sanaladi.
Muxlislar ushbu bahsda "Manchester Siti"ning qaysi tarkib bilan maydonga tushishi va natijani qay tarzda o‘zgartirishini diqqat bilan kuzatadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing