21:31 / 14.09.2018
4 514

Ertaga Saul Alvares va Gennadiy Golovkin oʻrtasida revansh jangi oʻtkaziladi

Ertaga Saul Alvares va Gennadiy Golovkin oʻrtasida revansh jangi oʻtkaziladi
Ertaga, 15 sentyabr kuni AQSHning Las-Vegas shahrida joylashgan T-Mobile arenasida WBA, WBC, IBO va The Ring chempionlik kamarlari uchun qozogʻistonlik Gennadiy Golovkin va meksikalik Saul Alvares oʻrtasida revansh jangi boʻlib oʻtadi.

Ular oʻrtasidagi birinchi jang 2017 yilning 16 sentyabr kuni boʻlib oʻtgan. Oʻsha toʻqnashuvda birinchi hakam (118-110) Alvares foydasiga, ikkinchi hakam Golovkin (115-113) foydasiga va uchinchi hakam esa durang (114-114) natijani qayd etgan. Alvares oʻsha jangdan keyin boshqa ringga koʻtarilmagan. Golovkin esa shu yilning may oyida AQSH vakili Vanes Martirosyanga qarshi toʻqnash kelgan va 2-raundda raqibini nokautga uchratib, gʻalaba qozongan. Ushbu jangdagi muvaffaqiyatidan soʻng qozogʻistonlik bokschi WBA kamarini 19-marotaba, WBC kamarini 4-marotaba, IBF kamarini 5-marotaba, IBO kamarini esa 17-marotaba himoya qilib, oʻzida saqlab qolgan.

36 yoshli Gennadiy Golovkin prof ringda 39 ta jang oʻtkazib, ularning 38 tasida (34 ta nokaut bilan) gʻalaba qozongan va biroz oldin aytib oʻtganimiz, Alvares bilan murosa yoʻlini tanlagan. Oʻz navbatida 28 yoshli meksikalik charm qoʻlqop ustasi 52 ta jangda ringga koʻtarilib, ularning 49 tasida (34 ta nokaut bilan) muvaffaqiyatga erishgan, ikkita jangida durang natija qayd etilgan. Alvaresning yagona magʻlubiyati esa 2013 yil yengilmas Floyd Meyvezerdan qabul qilib olingan. Oʻsha jangida u WBC va The Ring chempionlik kamarlarini boy bergan.

Revansh jangidan “Kanelo”, yaʼni Saul Alvares 30 million AQSH dollari, Gennadiy Golovkin (Triple G) esa 20 million dollar ishlab olishi kutilmoqda. Shuningdek, jangning translyatsiyasidan tushadigan foydaning maʼlum foizi bokschilar hisobiga oʻtkaziladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ertaga Saul Alvares va Gennadiy Golovkin oʻrtasida revansh jangi oʻtkaziladi