date

Kongressmenlar Davlat Dumasi deputatlariga Tramp paypoqlarini sovg‘a qilishdi

Kongressmenlar Davlat Dumasi deputatlariga Tramp paypoqlarini sovg‘a qilishdi

AQSHga tashrif buyurgan rossiyalik deputatlarga kutilmagan va o‘ziga xos sovg‘a taqdim etildi — ularga Donald Tramp tasviri tushirilgan paypoqlar berildi. Bu haqida TASS xabar berdi.

Mazkur tashrif Anna Paulina Lunaning taklifi asosida amalga oshirilmoqda. Ushbu safar doirasida rossiyalik va amerikalik qonun chiqaruvchilar o‘rtasida muloqot va fikr almashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Deputatning tushuntirishicha, AQSh dastlab sovg‘alarni rad etishni so‘ragan edi. "Ammo biz kelganimizda, konsepsiya o‘zgardi - ular bizga Tramp tasvirlangan paypoqlar va Kongress a'zosi (Anna Paulina) Lunaning shaxsiy nishonini berishdi - bu ularning mehr-muhabbatini ko‘rsatish usuli", dedi Delyagin.

Kuzatuvchilarning fikricha, bunday noodatiy va yumorga boy sovg‘alar rasmiy uchrashuvlardagi muhitni yumshatish va muloqotni yanada erkinlashtirishga xizmat qiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Kongressmenlar Davlat Dumasi deputatlariga Tramp paypoqlarini sovg‘a qilishdi