date

Osiyo chempionatida O‘zbekiston bokschilari kuchli tarkib bilan qatnashadi

Osiyo chempionatida O‘zbekiston bokschilari kuchli tarkib bilan qatnashadi

30 martdan 10 aprelga qadar Mo‘g‘uliston poytaxti Ulan-Bator shahri kattalar o‘rtasidagi boks bo‘yicha Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladi. Ushbu nufuzli musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi ham to‘liq va raqobatbardosh tarkib bilan ishtirok etib, yuksak natijalar uchun ringga chiqadi.

O‘zbekiston boks federatsiyasi ma’lumotiga ko‘ra, musobaqada ham erkaklar, ham ayollar terma jamoasi vakillari qatnashib, turli vazn toifalarida sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib boradi.

Erkaklar jamoasi safida Asilbek Jalilov (-50 kg), Shahzod Muzaffarov (-55 kg), Abdurahmon Mahmudjonov (-60 kg), Abdulloh Madaminov (-65 kg), Havasbek Asadullayev (-70 kg), Javohir Abdurahimov (-75 kg), Fazliddin Erkinboyev (-80 kg), Jasurbek Yo‘ldoshev (-85 kg), Halimjon Mamasoliyev (-90 kg) hamda Arman Maxanov (+90 kg) kabi iqtidorli bokschilar ishtirok etadi.

Ularni tajribali murabbiylar — Rahmatjon Ro‘ziohunov, Ruslan Telimbayev, Ramzjon Ahmedov, Sherzodbek Ahmadjonov va Nursultan Bo‘rixanov tayyorlamoqda.

Ayollar terma jamoasi ham kuchli tarkib bilan musobaqaga yo‘l olgan. Ular safida Sabina Boboqulova (-48 kg), Gulsevar Ganiyeva (-51 kg), Xumorabonu Mamajonova (-54 kg), Nigina O‘ktamova (-57 kg), Mushtariybonu Mamajonova (-60 kg), Feruza Abdualimova (-65 kg), Oysha Toirova (-70 kg), Aziza Zokirova (-75 kg), Ruxshona Parpiyeva (-80 kg) va Oltinoy Sotimboyeva (+80 kg) kabi sportchilar bor.

Ayollar jamoasiga Barbaro Fernandez Ximenez, Islom Tadjiboyev, Azim Xudayqulov va Lazizbek Sharifjonov murabbiylik qilmoqda. Jamoa tarkibida shifokor sifatida Dilshod Kazakov faoliyat yuritadi.

Mutaxassislar fikricha, ushbu chempionat O‘zbekiston bokschilari uchun nafaqat medallar, balki xalqaro tajriba va reyting uchun ham muhim sinov bo‘ladi. Muxlislar esa jamoamizdan yana bir bor yorqin g‘alabalar va kuchli chiqishlar kutib qolmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Osiyo chempionatida O‘zbekiston bokschilari kuchli tarkib bilan qatnashadi