Sanandajda chegara qo‘shinlari rahbarlari yig‘iniga kuchli zarba berildi (video)

Eronning shimoli-g‘arbida joylashgan Sanandaj shahrida chegara qo‘shinlari rahbarlarining yig‘ini nishonga olindi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, uchrashuv chegarani muhofaza qilish xizmati qo‘mondonlarining ishtirokida o‘tkazilayotgan bo‘lib, u yuqori lavozimli zobitning shaxsiy qarorgohida tashkil etilgan edi. Zarba aynan shu hududga yo‘naltirilgani qayd etilmoqda.
Mahalliy manbalar va monitoring kanallari xabar berishicha, hujum aniq rejalashtirilgan bo‘lib, yig‘in o‘tayotgan joy to‘g‘ridan to‘g‘ri nishonga olingan. Hodisaning tafsilotlari va ehtimoliy yo‘qotishlar bo‘yicha rasmiy ma’lumotlar hali to‘liq ochiqlanmagan.
Kuzatuvchilarning fikricha, mazkur voqea mintaqadagi xavfsizlik vaziyati yanada keskinlashib borayotganidan dalolat beradi. Shuningdek, bunday hujumlar harbiy tuzilmalar faoliyatiga va chegara xavfsizligiga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi ta’kidlanmoqda.