Madrimov - Roxas jangi oldidan vazn oʻlchash marosimi boʻlib oʻtdi (foto)

  • 09 mart 2019, 14:43
  • 2 699
  • Sport
  • Madrimov - Roxas jangi oldidan vazn oʻlchash marosimi boʻlib oʻtdi (foto)
    Habaringiz bor, mamlakatimizning yana bir isteʼdodli bokschisi, Isroil Madrimov 10 mart kuni oʻzining ikkinchi jangini venesuelalik Frenk Roxasga qarshi oʻtkazadi.

    Bugun ushbu bokschilar ishtirokida vazn oʻlchash marosimi boʻlib oʻtdi.

    Eslatib oʻtamiz, ushbu jang Oʻzbekiston vaqti bilan 10 mart kuni boʻlib oʻtadi va soat 7:00 dan boshlab “Sport” telekanali orqali jonli efirda namoyish etiladi.

    Maʼlumot uchun, Roxas shu paytgacha professional boksda 26 marta ringga koʻtarilib 24 bor zafar quchgan. Gʻalabalarining 23 tasida raqiblarini nokautga uchratgan. Shuningdek, uning hisobida 2 magʻlubiyat ham bor.

    Madrimov esa dastlabki jangida meksikalik raqibini nokautga uchratib, WBA Intercontinental kamariga ega chiqqan edi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Madrimov - Roxas jangi oldidan vazn oʻlchash marosimi boʻlib oʻtdi (foto)