21:09 / 03.08.2019
2 835

"Surxon" Duglas va Lukas bilan shartnoma tuzdi, Agapov ketdi (foto)

"Surxon" Duglas va Lukas bilan shartnoma tuzdi, Agapov ketdi (foto)
"Surxon" jamoasi safiga kelib qo‘shilgan ukrainalik legioner Mikola Agapov hujjatlar bilan bog‘liq muammoni hal qila olmaganligi sababli, klub futbolchi bilan do‘stona xayrlashdi.
Transfer oynasi yopilishiga oz vaqt qolganligini yaxshi his qilib turgan "Surxon" klubi rahbariyati shu kunning o‘zida jamoa ko‘rigida bo‘lib turgan Duglas Do Nasimento Trugilo va Lukas Oliveyra De Kunya bilan shartnoma imzoladi.

Shunday qilib uzoq davom vaqt etgan legionerlar masalasi yopildi.

Lukas bugun jamoa bilan Termiz sari parvoz qiladi va kechki mashg‘ulotlarda ishtirok etadi. Duglas ayni paytda Ukraina davlatida bo‘lib turibdi. Viza bilan bog‘liq muammo hal etilsa, u ham kubok bahsida "Lokomotiv" jamoasiga qarshi bashda maydonga tushishi mumkin.

Duglas Do Nasimento Trugilo. 1997 yilning 10 iyul kuni Braziliyada tavallud topgan. Bo‘yi 184 sm. Ampulasi: Markaziy hujumchi. Uni do‘stlari oddiygina qilib "Duglas" deb chaqiradililar. Faoliyati davomida quyidagi jamoalarda to‘p tepgan:

2008-2014 yillar "Audax RJ" (Braziliya);
2014-2015 yillar "Vasco da Gama" (Braziliya);
2016-2017 yillar "Fluminense U-20" (Braziliya);
2017 yil "Aimore RS" (Braziliya);
2018 yil "URT MG" (Braziliya);
2019 yil "Gremio Anapolis" (Braziliya).

Lukas Oliveyra De Kunya. 1997 yilning 30 iyul kuni Braziliyaning Kataguases shahrida tug‘ilgan. Bo‘yi 178 sm. Ampulasi: Qanot yarim himoyachisi. Uni do‘stlari oddiygina qilib "Lukas" deb chaqiradilar. Faoliyati davomida quyidagi jamoalarda to‘p tepgan:

2015-2016 "Friburguense" (Braziliya);
2017-"Mogi Mirim" (Braziliya);
2018 "Matonense" (Braziliya);
2019 "Primavera SP" (Braziliya).

2019 yilgi mavsumda Lukas "Primavera SP" tarkibida 8ta uchrashuvda maydonga tushgan va jami maydonda 513 daqiqa harakat qilgan.

Manba: “Surxon” matbuot xizmati

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Surxon" Duglas va Lukas bilan shartnoma tuzdi, Agapov ketdi (foto)