21:20 / 15.10.2019
2 914

Shomurodov ham klubda, ham terma jamoada so‘nggi 6 ta o‘yindan buyon tinimsiz gol urmoqda

Shomurodov ham klubda, ham terma jamoada so‘nggi 6 ta o‘yindan buyon tinimsiz gol urmoqda
Xabaringiz bor bugun O‘zbekiston terma jamoasi JCh-2022 saralash guruh bosqich 4-turi doirasida safarda Singapurga qarshi bahs olib bordi va 3:1 hisobida ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Ushbu bahsda “Rostov” hujumchisi Eldor Shomurodov dubl qayd etdi. Shu tariqa u O‘zbekiston terma jamoasi va “Rostov”da so‘nggi 6 ta o‘yindan buyon ketma-ket gol urmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Shomurodov joriy mavsum Rossiya premer-ligasida hozircha 10 ta gol bilan to‘purarlar poygasida peshqadamlik qilishmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shomurodov ham klubda, ham terma jamoada so‘nggi 6 ta o‘yindan buyon tinimsiz gol urmoqda