15:50 / 19.12.2019
2 826

«Real» «Barselona» darvozasiga penalti belgilanishi kerak bo‘lgan ikki vaziyatni ko‘rsatdi

«Real» «Barselona» darvozasiga penalti belgilanishi kerak bo‘lgan ikki vaziyatni ko‘rsatdi
La Liga doirasidagi «Barselona»ga qarshi (0:0) o‘yindan keyin «Real» klubi Rafael Varan ishtirokidagi vaziyatlarda hakamlarning qarori bo‘yicha bayonot bilan chiqdi.

«Varan ikkita tortishuvli vaziyatlarda qatnashdi. Birinchi bo‘limning o‘zidayoq Rafaelga nisbatan ishlatilgan qo‘pollik uchun ikkita penalti belgilash mumkin edi, ammo Alexandro Ernandes 11 metrlik nuqtani ko‘rsatmadi.

17-daqiqada Varan burchak to‘pi amalga oshirilayotganda «Barsa» jarima maydoniga yetib keldi va raqib futbolchisi Langle Varanning soniga jarohat yetkazdi. Ammo na hakam, na VAR tizimi penaltini ko‘rmadi.

Oradan ikki daqiqa o‘tib, navbatdagi burchak to‘pi uzatilayotganda Rakitich Varanni libosidan tortib, jarima maydoni ichida yiqitdi. Biroq, bu safar ham hakam va VAR penalti belgimaslikka qaror qildi», – deyiladi «Qirollik klubi» rasmiy saytidagi xabarda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Real» «Barselona» darvozasiga penalti belgilanishi kerak bo‘lgan ikki vaziyatni ko‘rsatdi