23:27 / 22.12.2019
2 067

BAA terma jamoasiga serbiyalik mutaxassis bosh murabbiy bo‘ldi

BAA terma jamoasiga serbiyalik mutaxassis bosh murabbiy bo‘ldi
Serbiyalik Ivan Yovanovich BAA terma jamoasining bosh murabbiyi etib tayinlandi.
Ivan Yovanovich 5 dekabr kuni iste’foga chiqarilgan gollandiyalik Bert Van Marveykning o‘rnini egalladi.

Ushbu murabbiy faoliyati davomida Gretsiyaning bir qator klublarida va BAAning "Al Nasr" klubida ishlagan. APOEL bilan to‘rt marta Kipr chempioni, bir marta Kipr kubogi, 4 bor Kipr Superkubogi sohibi bo‘lgan.

2011 yilda Serbiyada yil murabbiyi deb topilgan.
Yovanovich "Al Nasr" ustozi sifatida 2016 yil Osiyo chempionlar ligasi doirasida Toshkentda "Lokomotiv" mehmoni bo‘lgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » BAA terma jamoasiga serbiyalik mutaxassis bosh murabbiy bo‘ldi