date

Eron Hormuz bo‘g‘ozini to‘liq yopdi

Eron Hormuz bo‘g‘ozini to‘liq yopdi

Bugun 27 mart kuni ertalab, AQSH Prezidentining Hormuz bo‘g‘ozi ochiqligi haqidagi bayonotlaridan so‘ng, turli mamlakatlarga tegishli uchta konteyner kemasi ruxsat etilgan yo‘lak bo‘ylab harakatlanishga urindi. Biroq, Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi Harbiy-dengiz kuchlarining ogohlantirishidan so‘ng, ular orqaga qaytishga majbur bo‘ldi.

IIQK vakillarining ta’kidlashicha, Hormuz bo‘g‘ozi hozirda yopiq va ushbu zonadagi har qanday harakatga nisbatan “keskin munosabat” bildiriladi.

Manbalarga ko‘ra, mazkur holat xalqaro dengiz yo‘llaridagi keskinlik yanada kuchayib borayotganidan dalolat beradi. Ayniqsa, Hormuz bo‘g‘ozi orqali o‘tuvchi neft va yuk tashish yo‘nalishlari global iqtisodiyot uchun strategik ahamiyatga ega ekani inobatga olinsa, bu kabi cheklovlar jahon bozorlariga ham ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Shu bilan birga, kuzatuvchilar ushbu vaziyat yaqin kunlarda yanada murakkab tus olishi mumkinligini ta’kidlamoqda. Chunki mintaqadagi harbiy va siyosiy keskinliklar saqlanib qolayotgani, xalqaro munosabatlarga ham o‘z ta’sirini o‘tkazishi ehtimoldan xoli emas.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Eron Hormuz bo‘g‘ozini to‘liq yopdi