11:43 / 14.10.2016
7 274

Google syurrealistik rasmlar yaratadigan ilova chiqaradi

Google syurrealistik rasmlar yaratadigan ilova chiqaradi

Google Creative Lab dasturchilari bir qator rasm effektlariga ega, fotosferalar yaratishga mo‘ljallangan Sprayscape nomli ilovaning sinov variantini chiqardi.

Agar Google Kamerada foydalanuvchi atrofda bo‘layotgan hodisalarni shunchaki rasmga olish imkoniyatiga ega bo‘lsa, Sprayscape orqali esa kutilmagan effektli rasmlarni tasvirga tushirish mumkin. Ilova yordamida odamlar va boshqa predmetlarni 360 gradusli syurrealistik formatda suratga olsa bo‘ladi. Natijada bir nechta tasvirlarni ustma-ust betartib joylashtirish effekti hosil bo‘ladi.

Ayni vaqtda ilova faol beta-test sinovlaridan o‘tkazilmoqda. Android qurilmalar foydalanuvchilari tez orada ilovani Google Play’dan yuklab olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Hozircha mazkur ilovaning nega yaratilgani ma’lum emas.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Google syurrealistik rasmlar yaratadigan ilova chiqaradi