Amerikalik aktyor Chuck Norris 86 yoshida olamdan o‘tdi

Amerikalik aktyor va jang san’ati ustasi Chuck Norris 86 yoshida vafot etdi. Bu haqda “Variety” uning yaqinlariga tayanib ma’lum qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, aktyor kecha, 20 mart kuni oila a’zolari davrasida vafot etgan. Rasmiy ravishda o‘lim sababi ochiqlanmagan. Xorijiy ommaviy axborot vositalari qayd etishicha, bu sog‘lig‘i keng ko‘lamda yomonlashishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Chuck Norris jangari filmlar va teleseriallar yulduzi sifatida butun dunyoda mashhur bo‘lgan. Uning eng mashhur ishlari sirasiga Bryus Li bilan birga suratga tushgan “Ajdarho yo‘li” filmi hamda “Jasur Uoker: Texascha adolat” (Walker, Texas Ranger) seriali kiradi.
U karate bo‘yicha ko‘p karra chempion bo‘lgan, “Chun Kuk Do” nomli shaxsiy jang san’ati tizimini asos solgan va uzoq yillar mobaynida ekshn janrining eng mashhur siymolaridan biri bo‘lib kelgan.
So‘nggi yillarda aktyor faol hayot tarzini olib borgan, mashg‘ulotlari bilan bo‘lishgan va omma oldiga kam ko‘ringan. Shuningdek, u internetda tarqalgan “Chak Norris haqidagi faktlar” memlari qahramoniga aylanib, “yengilmas” qahramon obrazini mustahkamlagan edi.
Ma’lumot uchun, Chak Norris 1940 yil 10 martda AQSHda tug‘ilgan. U harbiy havo kuchlarida xizmat qilgan va shundan so‘ng jang san’atlari hamda kino faoliyatini boshlagan. Eng katta mashhurlikka 1980–1990 yillardagi jangari filmlar va teleseriallardagi rollari orqali erishgan.