11:15 / 22.10.2017
8 398

Manna yormasining siz bilmagan zarari

Manna yormasining siz bilmagan zarari

Har birimiz bolalikda manna yormasidan tayyorlangan bo’tqani juda yaxshi ko’rganmiz. Uning mayin ta’mini eslaganda bolalik hotiralarining o’z o’rnidan bosh ko’tarishi ham bejizga emas. Oramizda ayrimlar uning suyuq holatda tayyorlanganini, yana kimlardir esa quyuqroq ko’rinishini tanovul qilishga istak bildiradilar. Bu turdagi bo’tqani bolalar ham sevib iste’mol qilishlari rost. Ammo uning siz bilmagan zararli jihatlari borki, ulardan xabar topish aslo zarar qilmaydi.
Dietologlar fikriga ko’ra, manna yormasi tarkibidagi vitamin, minerallar va oqsil organizm uchun foydali bo’lsa-da, yorma bolakaylar uchun xavf tug’dirishi ham mumkin. Bo’tqaning cho’ziluvchan bo’lishiga yordam beruvchi glyuten allergiya keltirib chiqarishi, shuningdek oshqozon shilliq qavatini yupqalashtirib yuborishi haqiqat.

Yorma tarkibidagi fitin esa organizm tomonidan kaltsiyning singdirilishiga to’sqinlik qiladi.

Bundan kelib chiqadiki, manna yormasidan tayyorlangan bo’tqani kunora iste’mol qilish yaramaydi. Haftasiga 1-2 marta tanovul qilishni esa me’yoriy deb baholash mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Manna yormasining siz bilmagan zarari