7 112
"2017-2020 yillar uchun turizm sohasini rivojlantirish konsepsiyasi"ning dastlabki rejasi taqdim etildi
Yangi qo‘mita rahbariyati bilan tanishuv, soha taraqqiyotining dastlabki 5 yillik konsepsiyasi va xorijda turizm salohiyatini yuksaltirish dasturi taqdimoti, shuningdek dolzarb masalalar va ularning echimini topish bo‘yicha qizg‘in munozaralar - Davlat Turizm qo‘mitasining majlisi ana shunday shaklda bo‘lib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval "O‘zbekturizm" milliy kompaniyasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga aylantirilgani haqida xabar berilgan edi.
Majlis avvalida Qo‘mita rahbari Anvar Sharapov so‘zga chiqdi, deb yozadi Kun.uz sayti.
Tarmoqlararo muvofiqlashtirish va marketing tadqiqotlari boshqarmasi rahbari Abdulaziz Akkulov "2017-2020 yillar uchun turizm sohasini rivojlantirish konsepsiyasi"ning dastlabki rejasini taqdim etdi. Unda turizmni iqtisodiyot sohasi sifatida yangi darajaga olib chiquvchi faoliyatning asosiy yo‘nalishlari o‘z aksini topgan.
Tadbir davomida ta’kidlanganidek, bugungi kunda sohaning O‘zbekiston YaIMdagi ulushi atigi 3 foizni tashkil qiladi - mamlakatdagi salohiyatni inobatga oladigan bo‘lsak, bu juda kichik ko‘rsatkich.
Ikkinchi taqdimot xorijda sayyohlik salohiyatini targ‘ib qilishga qaratildi. U "Ipak yo‘li" reklama agentligining rahbari Farangiz Abdullaeva tomonidan taqdim etildi. Kelasi yildan soni va sifatini kengaytirish rejalashtirilayotgan qator tadbirlar majmui taklif qilindi.
Davlat turizm rahbariyati, shuningdek, TIV, Senat, Mehnat vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi va bir qator boshqa idoralar vakillari uchrashuv ishtirokchilarini kiritilgan takliflarning hech biri e’tiborsiz qolmasligiga ishontirishdi va hamjihatlikda harakat qilishga chaqirishdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi