Olib borilgan yangi tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, to‘q rangli gazli ichimliklarni sevuvchilar o‘zlarini saraton kasalligiga chalinish xavfini oshirisharkan. Buning asosiy sababi bunday ichimliklarda zararli ingredientlarning borligidir. Blumbergdagi Jons Xopkins nomli universitet qoshida joylashgan jamoat sog‘ligini saqlash maktabi xodimlarining aniqlashlaricha, alkogolsiz ichimliklarga karamel rangini sun’iy ravishda beruvchi 4 metilimidazol (4-MEI) inson salomatligi uchun saratonga olib keluvchi shubhali modda hisoblanadi.
“IBTimes”ning yozishicha, olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, olti yoshdan yuqori bo‘lgan bolalarning 44 — 58 foizi bir kunda kamida bir banka gazli ichimlik ichishadi. Bu ko‘rsatkich yuqori bo‘lishi ham mumkin. Bu saratonni chaqirishi xavfini yuzaga keladi.
Bu kabi to‘q rangli gazli ichimliklarga qo‘shiladigan maza beruvchi ingredient tufayli iste’molchilar o‘zlarini xafv ostiga qo‘yishadi. Mana shu kerak bo‘lmagan ingredient juda ko‘p odamlarning sog‘ligiga zarar etkazadi va javobi yo‘q savollar tug‘diradi, — deyishmoqda olimlar.
Tadqiqotchilar AQShda sotilayotgan 110 ta alkagolsiz ichimliklar tarkibini o‘rganib chiqishdi. Ammo ular bu ichimliklardan birortasini ham ichishni tavsiya qilisholmadi.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki 4-MEI moddasi bir markali ichimlik tarkibida turlicha miqdorda bo‘ladi. Bir so‘z bilan aytganda, uni nazorat qilib bo‘lmaydi. Masalan, parhezli kolaning ayrimlarida uning miqdori judayam yuqori, ayrimlarida esa past.
AQShning oziq-ovqat mahsulotlar va dori-darmonlarni nazorat qiluvchi sanitar boshqarmasi (FDA) bunga qarshi kerakli chora-tadbirlar amalga oshirmoqda. Bu islohotlarga hukumat rahabarlari ham yordam beradi, degan umiddalar.
Manba: www.kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi