Xitoy va Rossiya chegarasida yashirin er osti yo‘li topildi. O‘tgan asrning 30 yillarida Manchjuriya Yaponiya tomonidan bosib olingan paytda razvedkachilar undan foydalangan. Bu haqda «Nat-geo.ru»ga asoslanib «Daryo.uz» xabar bermoqda.
1931–1932 yillarda yapon qo‘shinlari Manchjuriyaga bostirib kirgan. Bunga javoban Yaponiyaga qarshi Shimoli-Sharqiy partizanlik birlashmasi tarkib topgan. Chegara er osti yo‘li birlashgan armiya ehtiyojlari uchun qazilgan bo‘lib, yaqindagina topildi. Dunnin muzeyi xodimlari KXDRga tashrif buyurish chog‘ida yashirin er osti yo‘lini qazishda ishtirok etgan Shimoliy Koreya mutaxassislari haqida xabar topdi. Tadqiqot ishlari olib borilishi natijasida ushbu ob’ekt topildi.
Er osti yo‘li Xeylunszyan tumanidagi Dunnin uezdini Rossiya Primoresi bilan birlashtirgan. Mutaxassislar fikricha, ushbu er osti yo‘lidan Xitoy razvedkasi bilan Uzoq Sharqdagi Sovet Ittifoqi razvedka boshqarmasi o‘rtasida ma’lumot almashish uchun foydalanilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi