21:40 / 25.09.2017
15 088

Mashhur bashoratchi Nostradamus 2018 yili dunyo ahlini nimalar kutishi haqida…

Mashhur bashoratchi Nostradamus 2018 yili dunyo ahlini nimalar kutishi haqida…
Hanuz dunyo olimlari mashhur bashoratchi Nostradamusning o‘z davrida qoldirib ketgan bashoratlarini tarjima qilish harakatida ter to‘kishmoqda. Mana, ularning mehnatidan bir shingili. Nostradamus 2018 yili bizni nimalar kutishini quyidagicha bashorat qilgan ekan…

Afsuski, 2018 yili xursand bo‘lishga arziydigan biror voqea sodir bo‘lmaskan. Nostradamus yozadiki, 2018 yil dunyoga ko‘plab tashvishlar va ofatlar hadya etarkan. Masalan, shu yili yevreylarga qarshi harbiy harakatlar sodir etiladi. Bundan tashqari, dunyoning qaysidir burchagida o‘ta dahshatli nuqson bilan bir bolakay tug‘ilarkan. U millionlab odamlarni o‘limga yetaklarkan. Yana arab davlatlaridan qaysidir biri kimyoviy qurol ishlatishi oqibatida ham millionlab odamlar halok bo‘lishi mumkin ekan.

— Xudo u bergan ne’matlardan noto‘g‘ri va ko‘r-ko‘rona foydalanish tufayli, — deb yozadi Nostradamus. — Bandalarini shafqatsizlarcha jazolaydi. Sibirda so‘ngsiz yong‘inlar kuzatiladi. G‘arbiy Yevropa kuchli yomg‘irlar iskanjasida qoladi, Angliyaning bir qismi suv ostiga ravona bo‘ladi. Yevropa deyarli bo‘shab qoladi. Ko‘p yillar o‘tgachgina uni qayta tiklay boshlashadi. Bu mintaqaga turli millatlar vakillari ko‘chib kelib yangi hayot quradi.

Aslida esa bu kabi bashoratlarga kuchli e’tibor qaratmaslikni olimlarning o‘zi maslahat beradi. Chunki bizning taqdirimiz, qismatimiz, baxtimiz va baxtsizligimiz, tiriklig-u rixlat qilishimiz faqat Yaratgan egamning ixtiyorida. Shunday ekan, balo va ofatlarni ham faqat ugina yuborishi yoki aksincha ular ta’qibidan bizni asrashi mumkin.

Manba: hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Mashhur bashoratchi Nostradamus 2018 yili dunyo ahlini nimalar kutishi haqida…