
23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida Osiyo Kubogi chorak finalidan o‘rin olgan Janubiy Koreya - Indoneziya bahsi bo‘lib o‘tdi.
O‘yinning asosiy daqiqalarida 2:2 hisobi qayd etildi. Ekstra taymlarda ham hisob o‘zgarmadi. Shundan so‘ng o‘yin g‘olibini penaltilar seriyasi aniqlab berdi.
Murosasiz o‘tgan seriyada indoneziyaliklar 11:10 hisobida janubiy koreyaliklarni taslim etib, yarim finalga yo‘l oldi.
Janubiy Koreya U-23 — Indoneziya U-23 2:2 (penaltilar seriyasi — 10:11)
Gol: Rafael Struik (16), Tegu (45, avtogol), Rafael Struik (45+3), Jong San Bin (84)
Janubiy Koreya U-23: Cho Xyon Tak, Xvan Je Von, Byon Jun Su, Hong Si Hu, Li Kan Hi, Bek Jon Bom, Payk San Hun, Eom Ji-Son, Kan Seon-Jin, Li Te Sok, Kim Dong-Jin.
Indoneziya U-23: Fahmi, Tegu, Rido, Jenner, Ferdinan, Sulaymon, Habner, Struik, Arhan, Ari, Tjoe-A-On. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar