Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi rahbari Oqilbek Japarov prezident administratsiyasi hay’ati yig‘ilishida hukumat a’zolariga «to‘yma-to‘y yurishni» taqiqladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, prezidentning barcha farmon va ko‘rsatmalari o‘z vaqtida bajarilishi kerak. Vazirlar Mahkamasi rahbari Sadir Japarovning to‘y vaqtida chorva so‘yishni taqiqlash va isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslik haqidagi qaroriga alohida to‘xtalib o‘tdi.
«Agar biror joyda isrofgarchilikni ko‘rsangiz, u yerga bormang. To‘yma-to‘y yurmang», dedi Oqilbek Japarov.
2022 yil fevralida Qirg‘izistonda prezident farmoni imzolandi va oilaviy tadbirlar paytida cheklovlar to‘g‘risidagi qonun kuchga kirdi. Bundan ko‘zlangan maqsad fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy turmush darajasini oshirish, shuningdek, diniy marosimlar, to‘ylar va boshqa tadbirlarni o‘tkazishda jamiyatdagi ma’naviy muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi isrofgarchilikning oldini olish ekani ta’kidlandi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?
Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda
AQSH Ukrainaga yana 50 mlrd dollar ajratishni taklif qildi
Ikki toifa odamlar bor: ular hech nimani qo‘lga kirita olmaydi
Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi?