
23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida Osiyo Kubogi chorak finalidan o‘rin olgan ikki bellashuv bo‘lib o‘tdi.
Dastlab, Yaponiya Qatarni 4:2 hisobida taslim etdi. Keyingi yakunlangan bellashuvda esa Indoneziya dahshatli o‘tgan uchrashuvda Janubiy Koreyani penaltilar seriyasida mag‘lub qildi (2:2, 11:10).
Shunday qilib, O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi bugun Saudiya Arabistonini mag‘lub etsa, yarim finalda Indoneziya bilan final yo‘llanmasi uchun bahs yuritadi. Iroq - Vetnam juftligi g‘olibi esa Yaponiyaga qarshi maydonga chiqadi.

O‘zbekistonOsiyo KubogiJanubiy KoreyaYaponiyaning UchrashuviIndoneziya BilanSaudiya Arabistoni O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing