Kam harakatlik, genetik omillar, endokrin kasalliklar, noto‘g‘ri ovqatlanish yoki psixologik buzilishlar hamda stresslarga beriluvchanlik sababli so‘nggi yillarda dunyo miqyosida ortiqcha vazn va semizlik jiddiy muammoga aylandi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining statistik ma’lumotlariga ko‘ra, yurak qon-tomir kasalliklari yer yuzida o‘limning asosiy sababchisi bo‘lib, aynan semizlik uning rivojlanishiga olib keladi.
Xo‘sh, bu muammoning oldini olish uchun nima qilish lozim? Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati bu haqda ma’lumot taqdim etdi.
Unda Salomatlik va strategik rivojlanish instituti bo‘lim boshlig‘i, tibbiyot fanlari nomzodi Feruza Tohirova sog‘lom ovqatlanishning muhim qoidalari haqida aytib o‘tgan.
1-qoida. Kunda 3 mahal asosiy ovqatlanish shart:
- Nonushta;
- Tushlik;
- Kechki ovqat.
Asosiy taomni imkon boricha, qorin ochmasdan bir vaqtda iste’mol qilish kerak. Shuningdek, asosiy ovqatdan avval 1 stakan suv ichish lozim.
2-qoida.
Suv ichgandan so‘ng va asosiy ovqatdan avval xom sabzavotlar (pomidor, bodring, karam, rediska, bulg‘or qalampiri, qizil sabzi, turp, salat bargi va boshqa ko‘katlar)ni alohida yoki salat ko‘rinishida iste’mol qiling. Salatga uyda tayyorlangan mayonez, qatiq/sho‘r bo‘lmagan suzma yoki zaytun, kungaboqar moyi va limon sharbati qo‘shish mumkin.
3-qoida.
Asosiy ovqatdan so‘ng 2 soat oralig‘ida 30 daqiqagacha jismoniy yuklama (1 soniyada 2 qadam tashlab piyoda yurish yoki velosiped haydash yoki shunga o‘xshash jismoniy faollik) bo‘lishi shart.
4-qoida.
Ho‘l mevalarni kunning birinchi yarmida asosiy ovqatdan 2 soat keyin iste’mol qilish maqsadga muvofiq.
5-qoida.
Agarda uyquga ketishdan avval qorin ochsa, suvda qaynatilgan 2 ta tuxum oqi yoki 50-100 gramm atrofida oq go‘sht (tovuq, kurka to‘sh go‘shtlari) yoki yarim stakan yog‘siz qatiq/kefir iste’mol qilish mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?