Foto: News.mail.ru
Yoz-u qishda do‘kon peshtaxtalarida turli rangdagi bananlarni topishingiz mumkin. Ko‘pchilik ushbu tropik mevaning faqat yetilgan va sap-sariq turini tanlaydi. Aslida esa banan muzlatilmagan bo‘lsa, uning har qanday turi foydalidir. Banan po‘stlog‘ining rangi mevaning aynan qaysi moddalarga boyligini ajratib turadi xolos.
Yashil va xom banan
Yashil banan zichligi qattiqroq va bir oz nordon ta’mga ega bo‘ladi. Xom banan tarkibida ko‘proq kraxmal va kamroq shakar bo‘lgani uchun shirinlik yemaydigan va neytral ta’mni yoqtiradigan insonlar uchun mos keladi.
Shuningdek, yashil banan tarkibida rezistent kraxmal mavjud bo‘lib, ovqat hazm qilish fermentlariga chidamlidir. U yo‘g‘on ichakdagi foydali bakteriyalarni oziqlantiradigan tabiiy probiotik sanaladi.
Sariq va yetilgan banan
Sariq banan esa shirinroq ta’mga va yumshoqroq tuzilishga ega. Pishib yetilgan bananda ko‘proq shakar va kamroq kraxmal mavjud. Sariq banan C va B6 vitaminlari, kaliy, magniy va kletchatka kabi ozuqaviy moddalarga boy.
Qaysi turdagi bananni tanlash lozim?
Agar siz uchun banan shirin va yumshoq bo‘lishi muhim bo‘lsa, sariq rangli mevani tanlang. Yashil banan ham juda foydali, shunchaki uning saqlash muddati uzoqroq. Qaysi birini tanlash esa iste’molchiga havola etiladi.
Ma’lumot uchun: bananlarni sovutgichda saqlamang! Muzlatkichdagi sovuq harorat sabab bananning rangi qorayib qoladi. Ushbu meva xona haroratida o‘rtacha 2-4 kun davomida saqlanishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi