11 401
Vahshiy qotil uchun dahshatli jazo: 4 nafar bolani tiriklay yoqqan qizning ustidan qaynoq suv quyib yuborishdi
11 dekabr kuni Angliyaning Solford shahrida sodir bo’lgan yong’inda 4 nafar bolakay olamdan ko’z yumgandi. Keyinroq ushbu hodisa tasodif emas, atay uyushtirilgan yong’in ekanligi ma’lum bo’ldi. Jinoyatchilar 25 yoshli Devid Uorroll, 20 yoshli Kortni Brayerli va 23 yoshli Zak Bollandlar 4 nafar bola yonib ketgan halokat uchun aybdor sifatida qamoqqa olindilar.
Bolalarning to’ng’ichi Demi Pirson 14, Brendon 8, Lasi 8, kichkintoy Liya esa bor-yo’g’i 3 yoshda edi.
Demi yong’in paytidayoq vafot etgan bo’lsa, Brendon va Lasilar shifoxonada olamdan ko’z yumishgan. Oilaning to’ng’ich farzandi 16 yoshli Kayl yong’in payti derazadan sakrab chiqib ketgan va omon qolgan. Bolalarning onasi Mishel esa og’ir ahvolda kasalxonada yotibdi.
Xabarda aytilishicha, yong’in uyining 3 qismidan boshlangan va aynan shu yerlardan benzin izlari topilgan. Halokatdan keyin esa Pirsonlar oilasiga muntazam ravishda tahdid qilib kelingani ma’lum bo’ldi.
Mishelning katta o’g’li jinoiy guruhlardan biriga tegishli bo’lgan kuchukni urgan, guruh a’zolari esa buning uchun qasd olish maqsadida uyni yoqib yuborishgan.
Qamoqqa olingan jinoyatchilarni turmada juda “iliq” tarzda kutib olishdi. Devidning barmoqlari sindirib tashlandi, Kortnining kameradosh qo’shnilari esa uxlayotgan paytida ustidan qaynab turgan suv quyib yuborishdi.
Ushbu hodisadan so’ng Kortni boshqa turmaga olib o’tildi. Aniqlanishicha, qiz nafaqat jinoiy guruh a’zosi bo’lgan, balki yong’in uyushtirishda ham bevosita qatnashgan.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)