Rossiya neft qazib olish hajmi va uning bozorlardagi narxi Moskva neft bozoridagi qarama-qarshilikda g‘alaba qozonayotganidan dalolat beradi. Bu haqda “Bloomberg” sharhlovchisi Xaver Blas yozmoqda.
Ta’kidlanishicha, birinchi ko‘rsatkich - Rossiyada neft qazib olish hajmi bilan bog‘liq vaziyat. O‘tgan oyda bu ko‘rsatkich deyarli yil boshidagi darajaga qaytdi va kuniga o‘rtacha 10,8 million barrelni tashkil etdi, bu yanvar oyidagi 11 million barreldan bir oz past.
Ikkinchi ko‘rsatkich - Rossiya neftining narxi. Dastlab Rossiya neftni katta chegirmalarda sotishga majbur bo‘ldi, biroq so‘nggi haftalarda Moskva bozordagi cheklangan taklifdan foydalanib, narx imkoniyatlarini tikladi.
“Hech bo‘lmaganda hozir energiya sanksiyalari ishlamayapti”, deb ta’kidlaydi kuzatuvchi.
Rossiya muvaffaqiyatining so‘nggi ko‘rsatkichi - siyosiyxarakterga ega. Xullas, bahordayoq G‘arb siyosatchilari Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklari boshchiligidagi OPЕK karteli Rossiya bilan ittifoqchilikdan voz kechishiga umid qilishgan, ammo buning aksi bo‘lgan.
“AQSH prezidenti Jo Baydenning Ar-Riyodga tashrifidan ko‘p o‘tmay, Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Aleksandr Novak ham u yerga uchib ketdi va bir necha kundan so‘ng OPЕK+ neft qazib olish hajmi biroz oshganini e’lon qildi. Noyabr oyida Rossiya neft eksportiga Yevropa sanksiyalari kuchga kirsa, energiya inqirozi iste’molchilar va biznesga ta’sir qila boshlagani sababli mintaqa hukumatlari qiyin tanlovga duch keladi”, deya ogohlantiradi muallif.
Uning so‘zlariga ko‘ra, sovuq ob-havo, elektr energiyasiga bo‘lgan talabning o‘sishi va joriy yil oxiridagi inflyatsiya G‘arbning Ukrainani qo‘llab-quvvatlashiga putur yetkazishi mumkin.
Ukrainada Rossiya harbiy maxsus operatsiyasi boshlanganidan so‘ng, G‘arb Moskvaga nisbatan sanksiyalar bosimini kuchaytirdi: Rossiyaning yuzlab milliard dollarlik aktivlari muzlatib qo‘yildi, Yevropa Ittifoqi allaqachon yettita cheklovchi chora-tadbirlar paketini, jumladan ko‘mir va neftga embargo joriy qildi. Bularning barchasi allaqachon G‘arbning o‘zi uchun muammoga aylanib, inflyatsiya va oziq-ovqat hamda yoqilg‘i narxlarining keskin oshishiga olib keldi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin ta’kidlaganidek, Rossiyani jilovlash va zaiflashtirish siyosati G‘arb davlatlari uchun uzoq muddatli strategiyadir, ammo sanksiyalar butun jahon iqtisodiyotiga qattiq zarba berdi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi