
"Barselona" hujumchisi Robert Levandovski yosh jamoadoshlari haqida fikr bildirdi. 37 yoshli polyak futbolchisi "koʻk-anorranglilar"ning eng yoshi katta oʻyinchisi hisoblanadi.
Jamoaning koʻplab futbolchilari undan qariyb 20 yoshga kichikdir. "Men yoshligimda qanday boʻlganimni, nima bilan shugʻullanganimni eslayman va oʻzimni ular bilan taqqoslash qiyin.
Hozir men baʼzi jamoadoshlarim ota-onasidan ham kattaman. Yosh futbolchilar menga otadek munosabatda boʻlishadi, bu kulgili, ammo juda yoqimli," – deydi Levandovski ispan OAVlariga bergan intervyusida.
Yaqinda tajribali hujumchi La Liga doirasida "Selta"ga qarshi oʻyinda xet-trik qayd etdi. Sobiq "Bavariya" yulduzining katalon klubi bilan shartnomasi kelasi yil oʻrtalarida yakuniga yetadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.