date

“Janob hech kim” aktyorlari 17 yilda qanday o‘zgardi? Ular bugun qayerda?

“Janob hech kim” aktyorlari 17 yilda qanday o‘zgardi? Ular bugun qayerda?

O‘zbek kino tarixida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan “Janob hech kim” filmi 2008-yilda rejissyor Mirmaqsud Oxunov tomonidan suratga olingan edi. Komedik drama janridagi bu film o‘sha yillarda katta muvaffaqiyat qozongan, ko‘plab tomoshabinlarning sevimli asariga aylangan. Oradan 17 yil o‘tgach, film qahramonlari qanday o‘zgargani ko‘plab muxlislarni qiziqtirmoqda.

Film syujetida yoshligidan yetim qolgan Alisher tog‘asining oilasida ulg‘ayadi. Ammo vaqt o‘tishi bilan u bu oilada xizmatkor darajasiga tushib qoladi. Tog‘asining oilasida tarbiya va mehr yo‘qolgan bir paytda, Alisher taqdir taqozosi bilan o‘z hayotini o‘zgartiradigan uchrashuvga boradi…

Alisher Uzoqov — bosh rol ijrochisi

Alisher Uzoqov filmda bosh qahramon Alisher obrazini jonlantirgan. 2010-yillar o‘zbek kinosining eng talabgir aktyorlaridan biri bo‘lgan Uzoqov so‘nggi yillarda asosan prodyuserlik faoliyatiga e’tibor qaratmoqda.

U bir necha yillik tanaffusdan so‘ng televideniyega qaytib, Zo‘rTV kanalida “The Cover Up” loyihasini yo‘lga qo‘ydi. Shuningdek, “Kuzda gullagan daraxt”, “Hayotda” va “Muzlagan” filmlarida ham turli obrazlarda ko‘rinish berdi.

2025-yil sentyabr oyida esa u “Oshiqman” nomli yangi qo‘shig‘i va klipini taqdim etdi.

Asal Shodiyeva — filmning yuragi bo‘lgan Oydin

Oydin rolini ijro etgan Asal Shodiyeva o‘z davrining eng mashhur aktrisalaridan biri bo‘lgan. 2013-yilda u kinodan vaqtincha chekinishini e’lon qilgan bo‘lsa-da, keyingi yillarda yana ekranlarga qaytdi.

2025-yilda esa u “Uyga qaytish” filmida bosh rolni ijro etib, muxlislarini yana xursand qildi. Shuningdek, u qo‘shiqchilik faoliyatini ham davom ettirmoqda.

Hamid Toshpo‘latov — Komilboy obrazi

Filmda Alisherning tog‘asi Komilboy rolini ijro etgan Hamid Toshpo‘latov bugun 68 yoshda. U 1969-yildan buyon sahnada va ekranlarda faol ijod qilib kelmoqda.

“O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist” unvoniga ega san’atkor 2007-yildan buyon O‘zbek milliy akademik drama teatri sahnasida ishlaydi.

So‘nggi yillarda u “Ishq va anduh” filmida rol ijro etgan va teatrda faol ijodini davom ettirmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Agar kod o‘qilmasa, yangilash uchun rasmga bosing
Yangiliklar » Madaniyat » “Janob hech kim” aktyorlari 17 yilda qanday o‘zgardi? Ular bugun qayerda?