
Olimlar 27 oktyabr kuni Moskva, Podmoskove shaharlari, Novgorod va Tver viloyatlari osmonidan uchib o‘tgan sirli obyektning dastlabki namunalarini topdilar (videoni bu yerda ko‘ring). Osmon jismining kelib chiqishi haqidagi munozaralar tugadi. Bu, ehtimol, LL6 guruhidagi oddiy xondritlarga (tosh meteoritlar) tegishli meteorit edi.
Rossiya Fanlar akademiyasining GЕOXI Telegram-kanalida topilgan parchalar aks etgan fotosuratlar e’lon qilindi. "Biz shunday qildik: meteorit topildi! Ha, bu meteorit edi," - deyiladi bayonotda.
V. I. Vernadskiy nomidagi Geokimyo va analitik kimyo instituti keyinchalik meteoritga rasmiy nom berilishini, odatda u tushgan joyi bilan bog‘liqligini ma’lum qildi. Qayd etilishicha, tadqiqotlar Rossiya Fanlar akademiyasi GЕOXI meteorika va kosmokimyo laboratoriyasi mutaxassislari tomonidan o‘tkazilgan. Shuningdek, meteorit namunalari Dunyo tarixi muzeyida (Dedovsk) va Ural Federal universitetida (Yekaterinburg) saqlanadi. Tosh jism bo‘laklarini qidirish davom etmoqda.
