date

Yo‘qolgan “imperator olmosi” 100 yildan keyin topildi

Yo‘qolgan “imperator olmosi” 100 yildan keyin topildi

1918 yildan beri bedarak deb hisoblangan Florensiya olmosi 100 yil o‘tib Kanadaning Kvebek shahridagi bank omboridan topildi, deb xabar berdi The New York Times.

Og‘irligi 137 karatdan ziyod bo‘lgan ushbu nodir tosh bir asr davomida omborda saqlangani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Gabsburglar sulolasi vakili Charlz Gabsburg-Lotaringiya ma’lumot bergan.

Yong‘oqday katta bo‘lgan bu marvarid dunyodagi eng yirik to‘rtta olmosdan biri hisoblanadi. U Avstriya-Vengriya imperiyasi qulashi arafasida — 1918 yil noyabrida imperator Karl I nomidan Avstriyadan chiqarilib, avval Shveysariyaga, keyin Kanadaga jo‘natilgan.

Imperator Karlning rafiqasi Zitaga hurmat sifatida olmosning aniq joyi sir saqlangan. Faqat uning ikki o‘g‘ligina joylashuvni bilgan va otasining vasiyatiga ko‘ra ma’lumot 100 yil davomida oshkor qilinmagan.

1940 yilda fashizm xavfidan qo‘rqqan oila Yevropani tark etib, avval AQSH, so‘ngra Kanadaga ko‘chib o‘tgan. Zita qimmatbaho toshlarni kichik chamadonda olib yurgan va 1953 yil Yevropaga qaytganida ularni Kvebek banki omborida qoldirgan.

Hozirda Gabsburglar avlodlari Florensiya olmosini Kanadadagi maxsus trest tarkibiga kiritishga qaror qilgan. Yaqin yillarda ushbu tarixiy marvaridni mamlakat muzeylaridan birida jamoatchilikka namoyish etish rejalashtirilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yo‘qolgan “imperator olmosi” 100 yildan keyin topildi