12:00 / 23.06.2023
517

Nega Isroil arab davlatlarini qurollantirmoqda?

Nega Isroil arab davlatlarini qurollantirmoqda?
Rasmiy Isroil hisobotlari shuni ko‘rsatdiki, yaqinda Tel-Aviv bilan munosabatlarni normallashtirgan davlatlar ("Ibrohim kelishuvi" deb ataladigan shartnomaga qo‘shilgan davlatlar) Isroil harbiy eksportining chorak qismini sotib olgan va bu 2022 yilda tarixdagi eng yuqori darajaga yetgan.
 
Ra'y al-Yovm yozganidek, arab davlatlari nima uchun qurollantirilmoqda, agar Isroil endi dushman emas deb hisoblansa, ular bu qurollarni qanday va kimga qarshi qo‘llaydilar? – degan savol tug‘iladi.
 
Nashrning yozishicha, Tel-Aviv bu kelishuvlarni e’lon qilganidan so‘ng arab mamlakatlari normallashuv Falastin xalqi manfaatlariga mos keladi, degan ikkiyuzlamachilikni bas qilishi kerak bo‘ladi. Gapning indallosini aytganda, rasmiy normallashtirish tinch yo‘lni ilgari surmagan va surmaydi ham. Buning o‘rniga u Isroilni Falastin xalqiga nisbatan ko‘proq murosasizlik va takabburlik qilishga va nafratlanishga undaydi.
 
Haqiqat shuki, arab davlatlari bu borada raddiya bermagunicha, Tel-Aviv nafaqat normallashtirish jarayonini olg‘a siljitishga muvaffaq bo‘lgan, balki manfaatdor mamlakatlarni Isroil qurollari bo‘yicha kelishuvlarga ham jalb qila olganini ko‘rsatadi.
Shu munosabat bilan ikkinchi savol tug‘iladi: Agar Isroil hukumati mintaqadagi barcha davlatlar o‘rtasida harbiy ustunlikka intilayotgan bo‘lsa, nega arablarni qurollantirmoqda?
 
Tel-Avivning bu qadamining eng muhim va asosiy ssenariysi shundaki, Isroilning arablarning jiqqa-musht bo‘lishlarini va Yamandan tortib, Sudan, Liviya va Suriyaga qadar dunyo guvoh bo‘layotgan qonli kurashning davom etishini ta’minlash istagidir.
Raqamlar Isroil qurol sotish bo‘yicha rekord darajadagi summa --12,5 milliard dollar ishlab olganini ko‘rsatmoqda, uning chorak qismi "Ibrohim kelishuvi"ga qo‘shilgan arab mamlakatlariga to‘g‘ri keldi. Isroil Mudofaa vazirligining aytishicha, har to‘rtinchi bitim uchuvchisiz uchar tizimlar bilan bog‘liq bo‘lib, raketalar va havo mudofaa tizimlari umumiy eksportning 19 foizini tashkil qiladi.
 
Bunday sharoitda Tel-Aviv Saudiya-Eron munosabatlarining mintaqaviy hamkorlik va integratsiya bosqichiga chiqishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun bor kuchini ayamasligi aniq. Zero bu ikki davlat munosabatlarining normallashishi mavjud mojarolarni bosqichma-bosqich tugatish va Yamandagi bema’ni urushga barham berish uchun yo‘l ochishi mumkin. Bu esa Isroil manfaatlariga to‘g‘ri kelmaydi.
 
Katta ehtimol bilan, Isroil allaqachon Falastin prezidenti Mahmud Abbosning Xitoyga tashrifini yo‘qqa chiqarishga harakat qilmoqda va Amerikaning Yaqin Sharq siyosiy olamidagi mutloq monopol mavqeiga soya soladigan barcha omillarni bartaraf etish uchun Xitoyni Yaqin Sharqda vositachilik qilish bo‘yicha har qanday tashabbuslardan voz kechishga majburlamoqchi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Nega Isroil arab davlatlarini qurollantirmoqda?
ePN