date

Leningrad viloyatida 400 million yillik daraxt topildi

Leningrad viloyatida 400 million yillik daraxt topildi

Leningrad viloyatida Sankt-Peterburg davlat universiteti (SPbDU) paleontologlari devon davriga tegishli, taxminan 385 million yillik daraxt tanasini topishdi, deb xabar berdi TASS.

SPbDU mintaqaviy geologiya kafedrasi assistentining ta’kidlashicha, bu topilma ehtimol Rus platformasida uchragan eng qadimiy namuna bo‘lib, unda ilk bor shunchalik rivojlangan ildiz tizimi asosiy tana bilan bevosita bog‘liq holda qayd etilgan.

Uning qo‘shimcha qilishicha, topilma prototaksitlarni o‘rganishda katta ahamiyatga ega, chunki bu turdagi o‘simliklarning tabiati 150 yildan beri olimlar orasida bahs mavzusi bo‘lib kelmoqda.

Daraxt tanasi Lujsk tumanidagi Shalovo-Perechitskiy qum konlarida topilgan. Qazishmalar 27 oktyabrdan beri davom etgan bo‘lib, dastlab olimlar boshqa bir topilma deb o‘ylashgan, ammo ish jarayonida keng ildiz tizimi namoyon bo‘lgan.

Mutaxassislar aytishicha, topilmani batafsil o‘rganish:

— uning taksonomik mansubligini aniqlashga,

— yerdagi ilk o‘simliklar geografiyasi va yoshini chuqurroq tushunishga,

— ularning quruqlikka moslashuv mexanizmlarini o‘rganishga,

— hamda ilk tuproq qatlamlari shakllanishidagi rolini ochib berishga yordam beradi.

Tadqiqotlar yakunlanganidan keyin 385 million yillik daraxt tanasi Sankt-Peterburg davlat universitetining Paleontologiya muzeyiga joylashtiriladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Leningrad viloyatida 400 million yillik daraxt topildi