
Efiopiyada xavfli Marburg virusi tarqalmoqda. Janubiy Sudan bilan chegaradosh hududda to‘qqiz kishi, jumladan tibbiyot xodimlari virusga chalinib, sanitariya choralari keskin kuchaytirildi, deb xabar berdi xalqaro manbalar.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Marburg virusining birinchi tasdiqlangan holati yuz berdi va ushbu yuqumli kasallik yuj mintaqada qayd etilgan. To‘qqiz nafar bemor aniqlangach, mahalliy xizmatlar favqulodda rejimga o‘tdi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) Efiopiyaga 300 ming dollarlik yordam va zarur tibbiy jihozlar yuborganini ma’lum qildi. Tashkilot virus oldingi Sharqiy Afrika epidemiyalariga o‘xshashligini ta’kidlamoqda.
Chegaralarda karantin va sanitariya tekshiruvi oshirildi. Marburgni aniqlash uchun maxsus test tizimi ishga tushirildi. Shu bilan birga, virusga qarshi vaksina yaratish bo‘yicha ishlar davom etmoqda.
Mutaxassislar aholini ehtiyot choralarini kuchaytirishga, shubhali belgilar kuzatilsa, darhol shifokorga murojaat qilishga chaqirmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.