
Rossiyada energetik ichimliklarga o‘rganib qolgan 22 yoshli yigitning oyog‘i ishlamay qoldi. Sankt-Peterburgda yashovchi Artyom kompyuter o‘yinlariga berilib, hushyor turish uchun energetik ichimliklar ichishni odat qilgan yedi.
Avvaliga kuniga bir bankadan iste’mol qilgan yigit vaqt o‘tishi bilan och qoringa 3–5 tagacha ichadigan darajada ko‘nikib qolgan. Bir kun u keskin qorin og‘rig‘i, qusish va ko‘ngil aynishi bilan shifoxonaga tushgan va unga pankreatit tashxisi qo‘yilgan. Biroq davolangandan so‘ng kasallik yana qaytalanib, oshqozon osti bezida kista paydo bo‘lgan.
Uchinchi marta shifoxonaga yotqizilganda vaziyat yanada og‘irlashgan: oshqozon osti bezida yiringli nekroz rivojlangan, organizmi zaharlangan va Artyomning oyoqlari ishlamay qolgan. Hozirda u reabilitatsiya olib, qayta yurishni o‘rganmoqda.
Ogohlantirish: mutaxassislar energetik ichimliklarni, ayniqsa och qoringa, me’yordan ortiq iste’mol qilish oshqozon osti bezi, yurak va qon tomirlari uchun jiddiy xavfli ekanini ta’kidlamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.