date

Dushanba kungi ob-havo ma’lumoti

Dushanba kungi ob-havo ma’lumoti

27-oktyabr, dushanba kuni O‘zbekistonning ko‘p hududlarida havo harorati +23…+28° daraja atrofida bo‘lishi kutilmoqda, deb xabar beradi O‘zgidromet.

Kunning ikkinchi yarmida Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatlarida yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor.

Cho‘l hududlari va mamlakat shimolida shamolning tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, ba’zi joylarda chang-to‘zon kuzatilishi mumkin.

Toshkent shahrida yog‘ingarchilik kutilmaydi, havo harorati +23…+25° daraja atrofida bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda esa harorat +15…+20° darajaga yetishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dushanba kungi ob-havo ma’lumoti