
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Tokioda bo‘lib turibdi. Davlat rahbarini Xaneda xalqaro aeroportida Yaponiya ichki ishlar va kommunikatsiyalar vaziri Yoshimasa Xayashi hamda boshqa rasmiylar kutib olishdi.
Prezidentni Yaponiyada ishlayotgan va o‘qiyotgan vatandoshlar ham samimiy kutib olishdi. Davlat rahbari ular bilan muloqot qildi.
Suhbat davomida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, shuningdek, chet elda yashab turgan fuqarolarning rejalari va maqsadlari haqida fikr almashildi. Tashrifning asosiy tadbirlari 19–20 dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
Unda Yaponiya imperatori Naruxito, bosh vazir Sanae Takaichi, ishbilarmonlar va ilmiy doiralar vakillari bilan uchrashuvlar, shuningdek, "Markaziy Osiyo + Yaponiya" muloqotining birinchi sammitida ishtirok etish rejalashtirilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.