
Rossiyada "Noqonuniy-2025" operatsiyasi doirasida mamlakatdan 4,3 mingdan ortiq noqonuniy muhojir chiqarib yuboriladi. Bu haqda Moskva viloyati Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati rahbari Tatyana Petrova ma'lum qildi.
Uning so'zlariga ko'ra, sudlar tomonidan qonunbuzarlik sodir etgan muhojirlarni ma'muriy chiqarib yuborish bo'yicha 4,3 mingdan ortiq qaror qabul qilingan. Operatsiya davomida migratsiya sohasida 15,7 mingga yaqin qonunbuzarlik aniqlandi.
Politsiya xodimlari migratsiya qonunchiligiga oid minglab qoidabuzarliklarni aniqladi. Xususan, Rossiyada qolish muddati va qoidalarini buzganlik uchun 10 mingdan ortiq protokol tuzilgan, 2,1 mingdan ziyod holatda esa xorijliklarning noqonuniy ishlashi aniqlangan.
Shuningdek, muhojirlarni ruxsatsiz ishga yollagan ish beruvchilar ham e'tiborsiz qoldirilmagan — ularga nisbatan 1,6 mingdan ortiq ma'muriy ish qo'zg'atilgan. Bundan tashqari, tergov organlari tomonidan 748 jinoyat ishi ochilgan.
Eng ko'p uchrayotgan qonunbuzarliklar orasida kelganlarni soxta ro'yxatdan o'tkazish (430 holat) va migratsiya bilan bog'liq hujjatlarni qalbakilashtirish (235 holat) kuzatilgan. Shuningdek, noqonuniy giyohvand moddalarning aylanishi bilan bog'liq jinoyatlar ham aniqlangan — bu bo'yicha 29 jinoyat ishi, boshqa qonunbuzarliklar bo'yicha esa 24 ish qo'zg'atilgan.
Operatsiyaning birinchi bosqichi joriy yilning 16-25 iyun kunlari, ikkinchi bosqichi esa 13-22 oktyabr kunlari o'tkazilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar