
2023-yil 4-noyabr kuni 34 yoshli demokrat-sotsialist Zoxran Kvame Mamdani Nyu-York shahri meri lavozimiga saylovda g‘olib chiqdi. U sobiq gubernator Endryu Kuomo va respublikachi Kertis Slivani ortda qoldirdi.
Zoxran Nyu-Yorkning birinchi musulmon meri bo‘lib, uning siyosiy qarashlari va hayotiy tajribasi ko‘p madaniyatli muhitda shakllangan. Zoxran 1991-yil 18-oktabrda Ugandaning poytaxti Kampalada tug‘ilgan.
Uning "Kvame" ismi Gana mustaqillik harakatining yetakchisi va birinchi bosh vaziri Kvame Nkrumah sharafiga berilgan. 5 yoshida oilasi bilan Janubiy Afrikaning Keyptaun shahriga ko‘chib o‘tgan va ikki yil o‘tib, Nyu-Yorkda yashashni boshlashgan.
U 2018-yilda AQSh fuqaroligini olgan va shia mazhabidagi musulmon hisoblanadi. Siyosatga qadar, Zoxran Kvins tumanida ijtimoiy maslahatchi bo‘lib ishlagan.
U uy-joyini yo‘qotishi xavfi ostida qolgan odamlarga yordam berib, ko‘chirishlarning oldini olish bilan shug‘ullangan. Bu tajriba uni ijtimoiy adolat uchun kurashga ilhomlantirgan.
Shu bilan birga, u musiqaga ham qiziqqan va "Young Cardamom" va "Mr. Cardamom" taxalluslari ostida chiqish qilgan.
Uning rep musiqasida migratsiya, tengsizlik va ijtimoiy masalalar asosiy mavzular bo‘lgan. Zoxran ta'limini Janubiy Afrikaning Sent-Jorj maktabida boshlagan.
Nyu-Yorkka ko‘chib kelgach, Bank Street School for Children va Bronx High School of Science maktablarida o‘qigan. 2014-yilda Bowdoin kolleji (Meyn shtati)da afrika tadqiqotlari bo‘yicha bakalavr darajasini olgan.
Talabalik yillarida u Falastin huquqlarini himoya qiluvchi "Students for Justice in Palestine" harakatiga asos solgan. Zoxranning oilasi uning dunyoqarashi va madaniy qadriyatlarini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan.
Uning otasi Mahmud Mamdani nufuzli olim va Kolumbiya universitetida professor bo‘lsa, onasi Mira Nayr xalqaro mukofotlarga sazovor bo‘lgan rejissyor hisoblanadi. Zoxranning aytishicha, ota-onasining ta'siri va ko‘p madaniyatli muhit uning siyosiy va ijtimoiy qarashlarini belgilagan.
2025-yilda u suriyalik-amerikalik rassom Rama Duvaji bilan turmush qurgan. Ular hozirda Kvinsning Astoriya tumanida istiqomat qilishmoqda.
Zoxran 2015-yilda mahalliy jamoalarda ishlash orqali siyosatga kirgan. 2020-yilda u Nyu-York shtati qonunchilik organiga saylangan.
2025-yilda esa Demokratik partiya saylovlarida g‘alaba qozonib, Nyu-York meri lavozimiga nomzod bo‘ldi. Saylovoldi kampaniyasida Zoxran "Nyu-York juda qimmat.
Zoxran xarajatlarni kamaytiradi va hayotni yengillashtiradi" shiorini ilgari surdi. U taksistlarning 450 million dollarlik qarzlarini bekor qilishga erishdi, metro rivoji uchun 100 million dollar ajratilishiga va avtobuslar bepul bo‘lishiga ko‘maklashdi.
Bundan tashqari, u ekologiyaga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan gaz elektr stansiyasi qurilishiga qarshi chiqdi. Zoxran arzon uy-joy, bolali oilalarni qo‘llab-quvvatlash, bolalar bog‘chasi xodimlari ish haqini oshirish va bepul jamoat transporti kabi tashabbuslar orqali g‘alabaga erishdi.
Shu bilan u Nyu-Yorkning birinchi musulmon va afrikalik meri sifatida tarixga kirdi.
Nyu-Yorkning birinchi musulmon meri haqida
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar