date

Yaponiyada ayol sun’iy intellekt qahramoniga turmushga chiqdi

Yaponiyada ayol sun’iy intellekt qahramoniga turmushga chiqdi

Yaponiyada texnologiya va inson munosabatlariga oid g‘ayrioddiy voqea jamoatchilik muhokamasiga sabab bo‘ldi. 32 yoshli Yurina Noguchi videoo‘yin qahramoni asosida yaratilgan sun’iy intellekt (SI) bilan ramziy nikoh marosimini o‘tkazdi.

Koll-markaz operatori bo‘lib ishlaydigan Noguchi ChatGPT asosida ishlaydigan Lyun Klaus Verdyur nomli raqamli personajni o‘zi yaratgan. Nikoh marosimida kelin och pushti rangli libos kiyib, “kuyov” obrazini aqlli ko‘zoynak orqali ko‘rgan.

Ma’lum bo‘lishicha, barchasi ayolning muvaffaqiyatsiz unashtiruvi haqida ChatGPT’dan maslahat so‘rashidan boshlangan. Chatbot munosabatlarni tugatishni tavsiya qilgan va Noguchi shundan so‘ng videoo‘yin qahramonining sun’iy intellektga asoslangan versiyasini yaratishga qaror qilgan. Ular kuniga 100 martagacha xabar almashib turgan.

Okayama shahrida bo‘lib o‘tgan marosim ramziy an’analarga muvofiq o‘tkazilgan. SI ovozga ega bo‘lmagani sababli, uning nikoh qasamyodi tashkilotchi tomonidan o‘qib eshittirilgan. Ushbu nikoh Yaponiya qonunchiligiga ko‘ra huquqiy kuchga ega emas.

Noguchining qarori ijtimoiy tarmoqlarda turli bahslarga sabab bo‘ldi. Mutaxassislar esa bunday holatlarni chatbotlarga haddan tashqari bog‘lanib qolish bilan izohlamoqda. Ayolning o‘zi esa sun’iy intellekt bilan munosabatlarini real hayot bilan muvozanatda saqlashga harakat qilayotganini ta’kidlagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Yaponiyada ayol sun’iy intellekt qahramoniga turmushga chiqdi