20:38 / 16.02.2019
6 759

Burunga qilingan pirsing braziliyalik yosh qizni nogironga aylantirdi (foto)

Burunga qilingan pirsing braziliyalik yosh qizni nogironga aylantirdi (foto)
Braziliyada 20 yoshli Layan Dias pirsing qildirgandan so‘ng, burni qizarib ketib og‘riq paydo bo‘ladi. Oldiniga qiz bunga e’tibor bermadi, deb yozadi Darakchi.uz nashri.
Lekin vaqt o‘tishi bilan qizning tana harorati ko‘tarilib, oyog‘ida ham kuchli og‘riq paydo bo‘ladi. Shunda qiz shifokorga murojaat qiladi.

O‘tkazilgan tekshiruvlar tahliliga ko‘ra, qizning qonida stafilokokk borligi va ushbu holat shamollashga sabab bo‘lgani aniqlanadi. Tanadagi stafilokokk tufayli yiring yig‘iladi, natijada umurtqa pog‘onasi faoliyati buziladi.

O‘tkazilgan jarohlikka qaramay, qiz oyoqqa turolmadi. Hozirda u nogironlar aravachasida harakatlanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Burunga qilingan pirsing braziliyalik yosh qizni nogironga aylantirdi (foto)