10:16 / 06.10.2019
1 953

Tailandda filchani qutqarish vaqtida 5 ta katta fil nobud bo‘ldi (foto, video)

Tailandda filchani qutqarish vaqtida 5 ta katta fil nobud bo‘ldi (foto, video)
Foto: THAILAND DNP
Tailandda 6 ta fil sharsharada bir-biriga yordam berish vaqtida nobud bo‘ldi. Mahalliy hokimiyat vakilining ma’lum qilishicha, voqea mamlakat janubidagi Xao-Yay qo‘riqxonasida yuz bergan.

Voqeaga filchaning sharsharadagi jarlikka qulashi sabab bo‘lgan. Boshqa fillar ham filchaga yordam berishga urinib pastga qulagan.

Foto: THAILAND DNP

Foto: THAILAND DNP
Ushbu sharsharada shunday voqealar avval ham yuz bergan. Mahalliy aholi uni Iblis tuynugi deb ataydi. 1992 yilda ham bu yerda 8 fil nobud bo‘lgan. Tailandning qo‘riqxonalar va tabiatni muhofazalash vazirligi xodimlari bir guruh fillar yo‘lga chiqib, uni to‘sib qo‘ygani haqidagi xabardan keyin sharsharaga borgan.

3 soatdan keyin 3 yoshli fil sharshara jarlik tubida aniqlangan. Uning atrofida yana beshta o‘lgan fil aniqlangan. Yana 2 ta katta fil sharshara yaqinida aniqlanib, ularni xavfli joydan haydashga harakat qilingan.

Tailandning yovvoyi hayvonlar do‘stlari jamg‘armasi asoschisi Edvin Viyekning aytishicha, to‘dada qolgan fillar omon qolishi dargumon, chunki fillar oziqa qidirish va yirtqichlardan himoyalanishda bir-biriga tobe hisoblanadi. Shuningdek, fillar boshqa fillarning o‘limini qiyin o‘tkazishadi.

“Bu yerda hech narsa qilolmaysan, tabiat – beshafqatdir”, deb aytgan Viyek.

Tailandda 7 mingga yaqin Osiyo fili saqlanib qolgan bo‘lib, ulardan yarmi tutqunlikda yashaydi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)