18:18 / 23.04.2020
2 754

Bemor ko‘z yoshlarida koronavirus aniqlandi

Bemor ko‘z yoshlarida koronavirus aniqlandi
Foto: Pixabay
Italiyaning Ladzaro Spallansani nomidagi yuqumli kasalliklar milliy instituti infeksiya yuqtirib olgan ayolning ko‘z yoshlarida koronavirusni aniqladi. Bu boradagi tadqiqot natijalari Annals of Internal Medicine jurnalida chop etildi.

COVID-19 izlarini topishga Uxandan yanvar oxirlarida qaytib kelgan 65 yoshli italiyalik ayol yordam bergan. Shifoxonaga yotqizilganidan uch kun o‘tib, unda konyuktivit (ko‘z shilliq qavatining yallig‘lanishi) paydo bo‘lgan va shifokorlar ko‘z shox pardasidan shilliq namunalarini olgan.

Ta’kidlanishicha, ayolning ko‘z yoshlarida virus RNKsi borligi ma’lum bo‘lgan. Bundan tashqari, uch haftagacha ko‘z yoshi suyuqligida koronavirus izi ketmagan. Bu vaqt orasida virus zarralari soni kamaygan.

Shuningdek, mutaxassislarning qayd etishicha, burun va tomoqdagi shilliq namunalari qoniqarsiz natija ko‘rsatgan taqdirda ham ko‘z shilliq qavatining testlari insonda koronavirus borligi bo‘yicha ijobiy natijalarni berishi mumkin.
Ushbu ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, ko‘zlar infeksiya tarqalishining potensial manbasi bo‘lishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bemor ko‘z yoshlarida koronavirus aniqlandi