
O‘zbekistonda zamonaviy omborlarni rivojlantirish maqsadida Markaziy Osiyodagi ilk investitsiya fondlari tashkil etiladi. Almatida bo‘lib o‘tgan Central Asia Warehouse Summit (CAWS 2025) forumida IBC Global kompaniyasi umumiy hajmi $250 milliondan oshadigan ikki fondni ishga tushirishini e’lon qildi.
Birinchi fond – Eurasian Warehouse REIT OEIC Ltd. – TG Global (Tansar Capital Group) ishtirokida tashkil etiladi.
Ushbu fond $75 million yig‘ishni maqsad qilgan bo‘lib, kutilayotgan daromadlilik 18-22% ni tashkil etadi, investitsiya muddati 6+2 yil. Fond asosan Qozog‘iston (70%) va O‘zbekiston (14%) bozorlariga yo‘naltiriladi va taxminan 85 ming kvadrat metr maydonda tayyor hamda yangi obyektlardan iborat portfel shakllantiradi.
Ikkinchi fond – Central Asia Warehouse PEF OEIC Ltd. – Provident Fiduciary Ltd.
va Roemer Silk Road ishtirokida tashkil qilinadi. Uning hajmi $200 million bo‘lib, daromadlilik 15% dan yuqori, investitsiya muddati esa besh yilni tashkil etadi.
Fondning portfeli qariyb 500 ming kvadrat metrni tashkil etadi, shundan 55% yangi obyektlar bo‘ladi. Asosiy investitsiya yo‘nalishlari O‘zbekiston (40%), Qozog‘iston (30–35%) va mintaqaning boshqa davlatlariga qaratiladi.
Ikkala fond ham «Astana» xalqaro moliya markazida (AIFC) ro‘yxatga olingan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar