date

Markaziy bank asosiy stavkani o'zgartirmadi


O'zbekiston Markaziy banki asosiy stavkani o'zgarishsiz qoldirdi — yillik 14%. Ushbu qaror inflyatsion xavflar va faol umumiy talabni inobatga olgan holda qabul qilindi.

2025-yilning uchinchi choragida iqtisodiy faollik barqaror o'sish sur'atlarini saqlab qoldi. Qattiq pul-kredit siyosati, o'tgan yildagi inflyatsion omillarning ta'sirini pasayishi va milliy valyutaning mustahkamlanishi narxlarga barqarorlashtiruvchi ta'sir ko'rsatdi, natijada sentabr oyida yillik inflyatsiya pasaydi.

Shu bilan birga, Markaziy bankning ta'kidlashicha, tashqi taklif omillari va xizmatlar sohasidagi yuqori inflyatsiya bilan bog'liq narxlar o'sish xavfi saqlanib qolmoqda. Shu sababli, Markaziy bank foiz stavkasini joriy darajada qoldirishni maqsadga muvofiq deb hisoblamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Markaziy bank asosiy stavkani o'zgartirmadi