22:24 / 19.10.2020
2 265

Adliya vazirligi aralashuvi bilan tadbirkorga 247 milliard so‘mlik qo‘shimcha soliq oldi olindi

Adliya vazirligi aralashuvi bilan tadbirkorga 247 milliard so‘mlik qo‘shimcha soliq oldi olindi
Yurtimizda so‘ngi yillarda soliq yukini kamaytirish va soliq solish tizimini soddalashtirish bo‘yicha bir qator islohotlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Shu bilan birga, Adliya vazirligi tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining murojaatlarini o‘rganib chiqish davomida ayrim tadbirkorlarga nisbatan asossiz soliq hisoblash holatlari aniqlanmoqda.

Jumladan, “Talimarjon Issiqlik Elektr Stansiyasi” AJning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi talab etilmaydigan ko‘char mulklar toifasiga kiruvchi mol-mulklariga nisbatan asossiz qo‘shimcha mol-mulk solig‘i hisoblash haqidagi qaror qabul qilingan.

Natijada, jamiyatga 2017-2019 yillar uchun jami 247,5 mlrd. so‘m miqdorida asossiz mol-mulk solig‘i hisoblangan. Mazkur holat yuzasidan vazirlik tomonidan Davlat soliq qo‘mitasiga taqdimnoma kiritildi.

Davlat soliq qo‘mitasi ham qonunchilikni bir xilda qo‘llash va yagona amaliyot bo‘lishidan manfaatdor ekanligini bayon etib, qo‘shimcha mol-mulk solig‘i hisoblash to‘g‘risidagi ushbu asossiz qarorni darhol bekor qildi hamda aybdor shaxslarga nisbatan intizomiy jazo chorasi qo‘llanilishini ta’minladi.

Ta’kidlash joizki, adliya organlari Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda kelgusida soliq ma’muriyatchiligi sohasida tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida yuzaga keladigan muammolarni bartaraf etish hamda ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilishda davom etadi.

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Adliya vazirligi aralashuvi bilan tadbirkorga 247 milliard so‘mlik qo‘shimcha soliq oldi olindi