
Aviasales.uz aviabilet bronlash xizmati va Yo‘lovchi media so‘nggi uch yil davomida amalga oshirilgan noyob bronlarni o‘rganib chiqdi va O‘zbekistondan faqat bir dona bilet sotib olingan davlatlarni aniqladi. Ushbu ro‘yxatga Syerra-Leone, Jibuti, Kongo, Ruanda, Venesuela, Madagaskar, Barbados, Laos, Dominikan Respublikasi, Boliviya, Benin, Myanma, Peru, Ekvador, Nikaragua, Zimbabve, Shimoliy Makedoniya va Fidji kiritilgan.
Eng qimmat aviaqatnov Nikaraguaga bo‘lgan — biznes-klassda o‘n kunlik sayohat amalga oshirilgan. Shuningdek, Zimbabvega qilingan sayohat ham qimmatga tushgan: bu yo‘lovchi mamlakatda o‘n kun bo‘lgan va bilet narxi qariyb 36 million so‘mni tashkil qilgan.
Noyob yo‘nalishlar orasida Dominikan Respublikasi va Nikaragua katta qiziqish uyg‘otgan. Foydalanuvchilar ushbu davlatlarga biletlarni ko‘p marta qidirgan, ammo faqat bir marta bron qilgan.
Aviasales.uz ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu davlatlarning mashhurligi yo‘qligi sababi to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviareyslarning bo‘lmagani, murakkab marshrutlar va viza talablaridir. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar