
AQSHning Mayami shahrida boks muxlislari uchun haqiqiy shov-shuvli va yulduzlarga boy kecha tashkil etildi. Asosiy jangda og‘ir vazn toifasida mashhur bloger va professional bokschi Jeyk Pol hamda sobiq jahon chempioni Entoni Joshua ringga ko‘tarildi.
Bellashuv to‘liq Joshuaning ustunligi ostida o‘tdi. Britaniyalik tajribali bokschi 6-raundda hal qiluvchi zarba yo‘llab, raqibini nokautga uchratdi va ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi. Jang 3 daqiqalik 8 raund formatida o‘tishi rejalashtirilgan bo‘lib, Joshua uchun maksimal vazn chegarasi 111,1 kilogramm etib belgilangan edi.
Ushbu g‘alaba Joshua uchun ruhiy jihatdan ham katta ahamiyatga ega. Sababi, undan oldingi jangda u Daniel Dyubuaga qarshi bahsda 5-raundda nokaut orqali mag‘lub bo‘lgandi. Shu bois Mayamidagi jang uning ringga ishonch bilan qaytganini ko‘rsatdi.
Jeyk Pol esa so‘nggi paytlarda omadsizliklar seriyasini boshdan kechirmoqda. U joriy yil iyun oyida Xulio Sezar Chaves Juniorga yutqazgan va Joshuaga qarshi jangda ham kutilgan natijaga erisha olmadi.
Qayd etish joiz, avvalroq Entoni Joshua 2026 yilda professional boksdagi faoliyatini yakunlash niyati borligini ma’lum qilgan edi. Shu bois, har bir navbatdagi jang uning karyerasida alohida ahamiyat kasb etmoqda.
Mayamidagi bu kecha esa boks muxlislari xotirasida Joshuaning ishonchli qaytishi sifatida qolishi aniq.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.